Surxondaryo hokimi viloyat ahli bilan xayrlashdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalgani, ammo viloyat hokimiyati bu ma’lumotni rad etgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 3 aprel kuni Bahodir Po‘latov lavozimini tark etib, viloyat ahli bilan xayrlashgan. 

“Xalqi mard va tanti, tuprog‘i zar bu vohadagi faoliyatim davomida men bilan yelkama-yelka turib, birga ishlagan, qo‘llab-quvvatlagan Siz azizlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik va xotirjamlik tilayman. Surxondaryo yanada gullab yashnayversin!”, degan Bahodir Po‘latov. 

Sobiq hokimning viloyat ahliga atalgan so‘zlari hokimiyatning Telegram tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarish viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov zimmasiga yuklatilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Po'latov

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing