Surxondaryolik deputatning turmush o‘rtog‘i Rasul Kusherboyevni marhum onasidan so‘kdi (video)

Jamiyat

image

Surxondaryolik deputatning turmush o‘rtog‘i Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevni marhum onasidan so‘kib, haqorat qildi. Bu haqda uning o‘zi videomurojaatida aytib o‘tdi.

Deputatga ko‘ra, yaqinda unga Surxondaryo viloyati Boysun tumani Kosiblar mahallasida yashovchi Ziyodullo Xurramov Telegram-kanali orqali ariza bilan murojaat qilgan. Kanalga keladigan murojaatlar esa dolzarbligiga ko‘ra e’lon qilib boriladi. Maqsad – odamlarning muammolarini mutasaddilarga yetkazish.

“Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidan Zohida O‘zbekova degan deputatimiz bor ekan. Ularning turmush o‘rtog‘i Sanjar Sultonov tarmoqlarda shu murojaat natijasida meni vafot etgan onamdan haqorat qildi. Chidab bo‘lmaydigan darajada. Bunga shunchaki qarab turolmayman”,  deydi Kusherboyev.

U so‘zida davom etib, mamlakatda birovni haqorat qilish, so‘kish shunchaki javobsiz qolib ketmasligini qayd etgan. Shuningdek, u boysunlik kuzatuvchilar bo‘lsa, Sanjar Sultonovga qonun oldida javob berishini yetkazib qo‘yishni so‘ragan.

“Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidan S. Sultonov ismli shaxsning Internet saytlar va tarmoqlar orqali tarqalgan meni haqorat qilganlik holati yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab Ichki ishlar vaziri nomiga ariza kiritdik.

Haqorat inson sha’ni va qadrini kamsituvchi oshkora qonunbuzarlik va buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu yoqda (aslida hammaga namuna bo‘lishi kerak bo‘lgan) viloyat hokimi, u  yoqda o‘sha hududda yashovchi fuqaroning boshqalarni oshkora haqorat qilib turgani toqat qilib bo‘lmas holat”, deydi Kusherboyev.

Deputat uni haqorat qilgan fuqaro tegishli moddalar bo‘yicha maksimal javobgarlikka tortilishi uchun harakat qilishini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev

Baholaganlar

1155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing