Surxondaryodagi portlash qurbonlari soni ortdi
3-sahifa
−
07 dekabr 2021
22355Bugun, 7 dekabr kuni soat 03:57 da Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Indenim” savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq portlash yuz bergani haqida xabar bergandik.
FVV vayronalar ostidan bir kishining jasadi topilganini ma’lum qilgandi. Vazirlik oradan ko‘p o‘tmay yana bir qurbon haqida ma’lumot berdi.
“Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, vayronalar ostidan ikkinchi qurbon jasadi ham topilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, portlash oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo‘lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.