Surxondaryodagi katta savdo majmuasida yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
25 iyun
6971Bugun, 25 iyun kuni Surxondaryo viloyatidagi savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tungi soat 02:12 da Denov tumani Bobur mahallasida joylashgan savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Oqibatda 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan.
Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan. Natijada majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqqani xabar qilingandi.
LiveBarchasi