Surxondaryodagi qo‘riqxona deyarli 9 soat olov ichida qoldi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Surxondaryo viloyatida joylashgan davlat qo‘riqxonasida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi. Kecha, 23 iyul kuni 15:50 larda boshlangan yong‘in bugun, 24 iyul kuni soat 00:35 da o‘chirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi 

Qayd etilishicha, soat 15:52 da FVBga 112 tizimi orqali Sherobod tumani “Qizilolma” MFY hududida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasiga qarashli hududda taxminan 5 gektar maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipaji qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in kechki payt soat 22:25 da qurshab olinib, 00:35 da o‘chirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ochiq maydonda quruq o‘t hamda eski avtomobil shinalari yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Surxondaryo qo'riqxona olov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing