Surxondaryodagi dahshatli YTHda ikki nafar 21 yashar yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 3 oktyabr kuni soat 11:10 larda, Surxondaryo viloyatida dahshatli yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda ikki kishi qurbon bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda. 

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, “Oqtepa” maxallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1603-kilometrida, haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan S.S. tegishli hujjatlarsiz Nexia rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda “Jarqo‘rg‘on-Termiz” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarayotib, quvib o‘tish qoidalariga amal qilmasdan qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1963 yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan.

Natijada, Nexia  rusumli avtomobil haydovchisi 21 yoshli S.S. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi 1999 yilda tug‘ilgan O.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

551

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing