Surxondaryodagi bog‘chada 4 yashar bola vafot etdi
3-sahifa
−
07 Oktabr 2022
11708Kecha, 6 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida favqulodda baxtsiz hodisa yuz berdi, natijada 4 yoshli tarbiyalanuvchi I.J. vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tarbiyalanuvchi I.J. tashkilot hududidagi bolalar o‘yin maydonidagi temir aylanada o‘ynagan va ehtiyotsizlik natijasida hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar olgan. O‘limning aniq sababi va vaqti aniqlanmoqda.
Ayni paytda ish prokuraturaga o‘tkazilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Ehtiyotsizlik oqibatida voqea sodir bo‘lgan vaqtdagi mas’ul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ayni paytda mazkur baxtsiz hodisa tufayli 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimidan ozod etilib, viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maktabgacha ta’lim vazirligining mas’ul xodimlari holatni nazoratga olgan.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi vafot etganligi holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi