Surxondaryoda “reket”lar ushlandi (video)
3-sahifa
−
19 dekabr 9580 2 daqiqa
Surxondaryo viloyati Denov tumanida fuqarolarga turli yo‘llar bilan tahdid qilib ularga tegishli moddiy boyliklarga zo‘rlik ishlatib tortib olish bilan shug‘ullanib kelayotgan jinoiy guruh ushlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, jinoiy guruh yetakchisi bo‘lgan 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro ilgari ham Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi bilan sudlangan. 2001-2002 va 1986 yilda tug‘ilgan 3 nafar shaxslarni ish bajaruvchilar sifatida yollab, o‘zining qabih niyatini amalga oshirib kelgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu guruhning noqonuniy xatti-harakatlaridan 10 dan ortiq fuqarolar jabrlangani aniqlangan.
Uyushgan jinoiy guruh yer masalasi bo‘yicha dahli bo‘lmagan nizoga aralashib, 1987 yilda tug‘ilgan fuqarodan 20 million so‘m talab qilib, oila a’zolariga tazyiq o‘tkazish bilan qo‘rqitib kelgan.
Shu kabi ularga bog‘liq bo‘lmagan boshqalarning qarz oldi-berdisiga aralashib, 2006 yilda tug‘ilgan fuqarodan 10 mln so‘m talab qilgan. Pichoq bilan tahdid qilib, axloqqa zid harakatlarga majburlab, videotasvirga olib, tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib kelgan. Jabrlanuvchi esa ushbu pullarni ishlab topish maqsadida Rossiyaga ketganligi ma’lum bo‘lgan. Yoshlardan esa sababsiz zo‘ravonlik bilan pul talab qilgan.
2008 yilda tug‘ilgan fuqaroni mashinasiga o‘tirg‘izib, kimsasiz yerga olib borib, bel qismiga va bo‘yniga pichoq tirab notanish odamlarni jismoniy qiynoqqa solgan videolarni ko‘rsatish va o‘ldirish bilan tahdid qilgan holda, bo‘lib-bo‘lib umumiy 39 ming 800 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olganligi aniqlangan.
Ular telefon savdosi, oylik ish haqi, avtomashina oldi-sotdisi, ishga joylash, ishlagan pulni undirib berish kabi barcha masalalarda fuqarolarga tahdid, qo‘rqitish, tovlamachilik va zo‘ravonlik orqali milliardlab pullarni talab qilib, ularni jim yurishga majbur qilishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan uyushgan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-( Tovlamachilik)137-( Odam o‘g‘rilash)138 (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) va 141-3-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qizlarni Tailandga fohishalikka olib ketayotgan ayol ushlangandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr