Surxondaryoda yuk mashinasi urib ketgan 4 yashar bola vafot etdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 4 yashar bola vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 4 dekabr kuni Boysun tumanidagi 45-maktabning 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizcha 4 yoshli ukasini bog‘chadan olib qaytayotganda yo‘lning belgilanmagan joyidan, beton to‘siq ustidan o‘tkazib qo‘ygan. Bola opasini kutmasdan yo‘lning qatnov qismidan yugurib o‘tgan. To‘satdan yuz bergan vaziyatda to‘xtashga ulgurmagan yuk mashinasi esa bolani urib yuborgan. 

Voqea M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Boysun tumani Chilonzor mahallasidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda poyezd kelib urilgan Spark haydovchisi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing