Surxondaryoda YHXB xodimi xizmat mashinasida YTHga uchradi

3-sahifa

image

Kecha, 19 mart kuni Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida IIB YHXB xodimi xizmat mashinasida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 16:00 lardaBandixon tumani hududidan o‘tgan 4R-100 avtomobil yo‘lining 97-kilometrida yuz berdi. Qiziriq tumani IIB YHXB xodimi U.Kenjayev Lacetti rusumli maxsus xizmat avtomobilida boshqaruvni yo‘oqtib, yo‘ldan chiqib ketib pastlikka tushib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Bandixon tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

971

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing