Surxondaryoda o‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchini urdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar kaltaklangani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 18 mart kuni Sherobod tumanidagi 45-maktabning 3-sinf o‘quvchisi maktabda ekin maydonidagi mavsumiy gullarni payhon qilgani sababli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi tomonidan tanbeh berilib, bolaning bosh qismiga tarsaki tushirilgan.

O‘quvchiga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga nisbatan mehnat qonunchiligi asosida maktab direktori tomonidan intizomiy jazo chorasi qo‘llash uchun tuman yuridik markaziga buyruq loyihasi kiritilgan.

Boshqarmaning xabar berishicha, yana bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi maktab rahbari bilan o‘zaro kelishmovchiliklari sababli 19 mart kuni maktabning 3-sinf o‘quvchilarini ko‘rsatma berishga undagan va xabarda keltirilgan videoni tasvirga olgan bo‘lishi mumkin.

“Mazkur ma’lumotlarga oydinlik kiritish maqsadida tuman IIBga xabar berilgan bo‘lib, holatga huquqiy baho beriladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida maktab direktori o‘quvchini urgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo o'qituvchi Sherobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing