Surxondaryoda “svet” o‘chishidan norozi xalq shinalarni yoqib, ko‘chalarni to‘sib qo‘ydi
Jamiyat
−
28 dekabr 2020
15301Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 27 dekabr kuni Muzrabot tumani, “Obi hayot” mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr energiya ta’minotidagi uzilishdan norozi bo‘lib, ko‘chada balon yoqayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Voqea yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.
Bayonotda aytilishicha, 25 dekabr kuni mahalla hududidagi 630 kVA kuchlanishga ega transformatorning ishdan chiqishi oqibatida elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan.
26 dekabr kuni bu yerga quvvati 400 kVA kuchlanishga ega boshqa transformator o‘rnatilgan. Ammo sovuq ob-havo tufayli elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortishi natijasida ushbu uskuna ham ishdan chiqqan.
Tuman hokimligi axborot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, “Obi hayot” mahallasida 545 ta xonadon bo‘lib, hududdagi 630 kVA kuchlanishga ega transformatorning 25 dekabr kuni ishdan chiqishi oqibatida 165 ta xonadonning elektr ta’minotida uzilish yuzaga kelgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda muammo bartaraf etilgan. 27 dekabr kunining o‘zida 630 kVA kuchlanishga ega yangi transformator o‘rnatilib, aholi elektr energiya bilan ta’minlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Chiroqchi aholisi bir kunda 16 soatgacha chiroqsiz yashayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Shuningdek, Farg‘onada Toshloq tumani aholisi gaz va elektr so‘rab bosh ko‘targandi.
LiveBarchasi