Surxondaryoda suv nasosini o‘g‘irlagan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushgan erkak 6 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi 1975 yilda tug‘ilgan. U bir necha marta o‘g‘rilik jinoyati sodir etib, jazolangan.

Ish hujjatlarida qayd etilishicha, erkak xonadonning yerto‘lasiga tushib, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan suv nasosini o‘g‘irlab ketgan va uni sotib, tushgan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida o‘tkazilgan sudda erkak Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi masjidlarda o‘g‘rilik qilib yurgan shaxs 6 yilga qamalgandi. Fuqaro I.O. Toshkentdagi “Abu-Saxiy” savdo markazida joylashgan jome masjidi tahoratxonasidagi kiyim qo‘yish joyida turgan kurtkalardan birining cho‘ntagidagi 60 ming so‘m va Samsung A24 rusumli telefonni o‘g‘irlab, voqea joyini tark etgan.

Boshqa kuni esa Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf jome masjidi tahoratxonasiga kirib, Samsung A23 telefonini “qo‘lga kiritgan”.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat O'g'rilik Termiz shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing