Surxondaryoda soxta 316 million so‘m yoqib yuborildi
Jamiyat
−
18 iyul 2023
4598Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 316 million so‘m qalbaki pullar yoqib yuborildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, Termiz shahrida yashovchi fuqaro 50 ming so‘mlik kupyuradagi jami 316 million so‘m pulni soxtalashtirgan. Ammo, ayblanuvchi ularni muomalaga kiritishga ulgurmagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan soxta pul tayyorlovchi shaxs qo‘lga olindi. Shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan ushbu pullarni yo‘q qilish belgilandi.
Pullar belgilangan tartibda aholi yashash manzilidan uzoqdagi maxsus chiqindi poligonida yoqib yuborilgan.
LiveBarchasi