Surxondaryoda prokuror va uning haydovchisi YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori va uning haydovchisi mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Voqea joriy yilning 7 noyabr kuni soat 21:30 larda sodir bo‘lgan. 

Surxondaryo viloyati prokuraturasi haydovchisi O‘.Kattayev xizmat avtomashinasida Termiz tumanidan Termiz shahri tomonga harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.

Avtomobil Termiz tumani hududidagi Termiz–Uchqizil temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 57-kilometrining 9-piketida joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida harakatlanib kelayotgan rezerv teplovoz bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida O‘.Kattayev va old o‘rindiqdagi viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori B.Ergashev hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, orqa o‘rindiqda bo‘lgan viloyat prokurori o‘rinbosari X.Kulliyev tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 8 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

540

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing