Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga mol tezagini yedirdi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryoda 36 yoshli ota 9 yoshli qizini jazolash maqsadida qiynab, unga tezak olib kelishini buyurdi hamda og‘ziga majburlab hayvon tezagini soldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan noxush holat Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Viloyat IIB ota tomonidan o‘z qiziga nisbatan tazyiq o‘tkazganligi holati o‘rganilgan.

Joriy yilning 25 iyul kuni Qumqo‘rg‘on tumani, “Xo‘jaqishloq” mahallasi hududida yashovchi ayol huquq-tartibot organiga ariza bilan murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i 1993 yilda tug‘ilgan Ch.B. tomonidan voyaga yetmagan qizini qiynaganligini ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, ota, o‘z qizini qiynab, unga nisbatan nomaqbul harakatlar sodir etayotgani tasviri, 2025 yil 30 dekabr kuni olingan bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2- qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi 36 yoshli Ch.B. protsessual tartibda ushlangan.

Bildirilishicha, ayni vaqtda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Rayyona kids” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, bolaning og‘ziga mato tiqib, qiynagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing