Surxondaryoda organ xodimlarini toshbo‘ron qilgan 13 nafar fuqaro qamaldi (video)
3-sahifa
−
03 iyun 2024 14601 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida organ xodimlarini toshbo‘ron qilgan 13 nafar fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 31 may kuni futbol va mini futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish doirasida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida joylashgan futbol maydonida bo‘lib o‘tgan musobaqa jarayonida 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘yin maydonini tark etmasdan musobaqaga xalaqit bergan.
Mazkur tartibsizlikka chek qo‘yish maqsadida ichki ishlar xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Huquqbuzarni maydondan chiqarib yuborish jarayonida mazkur shaxs IIO xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunishdan bosh tortib, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, huquqbuzar 12 nafar sherigi bilan shovqin ko‘tarib, o‘yinning “beliga tepgan”.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ichki ishlar xodimlaridan biri elektroshoker ishlatganini ko‘rish mumkin. Shuning uchun, bir to‘da odamlar xodimlarni toshbo‘ron qilgan.
“Hozirda jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, xizmat burchini bajarayotgan xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan Oltinsoy tumani “Bo‘ston” mahallasida yashovchi 13 nafar fuqarolarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-,195-,194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, ularning har biriga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.