Surxondaryoda opasidan alamzada ayol jiyanini so‘ydi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida yashovchi ayol o‘z opasi bilan pul masalasidagi ziddiyat sababli jiyanini so‘yib tashladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, termizlik M.X. (ismlari o‘zgartirilgan) va uning turmush o‘rtog‘i yangi uy-joy qurish maqsadida uzoq yillar xorijda ishlagan. To‘plagan pullarini esa farzandlariga ko‘z-quloq bo‘lib turgan opasi S.X.ga oyma-oy jo‘natib turgan. M.X. safardan qaytgach, opasi X.S. dan jo‘natilgan pullarni so‘ragan, biroq opasi hech qanday pul yo‘qligini, jo‘natilgan barcha mablag‘larni uning farzandlariga sarflaganini aytgan. 

Shundan so‘ng bitta ko‘chadagi yonma-yon uylarda yashovchi ikki opa-singil o‘rtasida jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Kunlarning birida S.X.ning o‘g‘li A.D. xolasi M.X.ning uyiga avvalroq xolavachchalari olib chiqqan ketmonni so‘rab chiqqan va hovlida o‘ynab turgan bolalarni “Nega, birovning buyumini ishlatib, vaqtida qaytarmaysizlar? He, yaxshilikni bilmagan nonko‘rlar”, deya haqoratlay boshlagan. Hovlidagi shovqinni eshitib chiqqan M.X. bu gaplardan g‘azablanib, A.D. bilan janjallashib ketgan. Sal o‘tib bu jarayonga S.X.ning ikkinchi o‘g‘li B.D. ham qo‘shilgan va janjal keskin tus olgan. 

Oqibatda M.X. oshxona pichog‘ini A.D.ning bo‘yniga ketma-ket sanchgan. Pichoq zarbidan bo‘yin yo‘g‘on tomirining uzilishidan ko‘p qon yo‘qotgan A.D. shifoxonada vafot etgan. 

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi tomonidan joriy yilning 3 aprel kuni ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida o‘zining uch nafar farzandini o‘ldirgan otaga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Termiz pul masalasi jiyanini so'ydi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing