Surxondaryoda Nexia va ZIL ishtirokida halokatli YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida 2020 yil 15 fevral kuni sodir bo‘lagn Nexia va ZIL rusumli avtomobillar to‘qnashuvi halokatli yakun topdi.

Shu kuni taxmanan soat 16:00 da, tumanning “Qiziltepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy yo‘lda, Sho‘rchi tumani “Egarchi” mahallasida yashovchi Sh.A. o‘zining Nexia’sini boshqaruvini yo‘qotib qo‘yadi. Oqibatda, qarama-qarshi tomonidan kelayotgan, Sho‘rchi tumani “Oynako‘l” mahallasida yashovchi A.A. boshqaruvidagi ZIL rusumli avtoulovining yo‘liga chiqib ketadi va to‘qnashuv sodir bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nexia yo‘lovchisi, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.X. Sud-tibbiy ekspertizasining 2020 yil 29 fevral kunidagi xulosasiga ko‘ra, “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati olib, 29 fevral kuni soat 09:30 da kasalxonada vafot etgan. 

“29 fevral kuni Sh.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing