Surxondaryoda navbatdagi bemorlar koronavirusdan sog‘ayib chiqdi. Viloyatda 1 nafar bemor qoldi
Jamiyat
−
17 may 2020
9074Surxondaryo viloyatda 24 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun,17 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Ayni soatlarda Surxondaryo viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, shifo topganlarning ikkalasi ham Surxondaryo viloyatidan (1 nafari 60 yoshli erkak, yana 1 nafari 45 yoshli ayol) bo‘lib, karantin muassasasida bo‘lishgan, koronavirus infeksiyasi aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 40 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 42 nafarga yetib, ushbu hududda 1 nafar bemor davolanmoqda.
Shunday qilib, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2247 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2746 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 487 nafar bemor davolanmoqda.
LiveBarchasi