Surxondaryoda morxo‘r ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining “Surxon” davlat qo‘riqxonasida ikki hayvonni ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 iyul kuni qo‘riqxonaning “Xatak” bo‘limi “Oltikunlik” massivida o‘tkazilgan reyd chog‘ida noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olingan. Ular O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh burama shoxli echki (morxo‘r)ni noqonuniy ravishda ovlagani ma’lum bo‘lgan. 

Maxsus tadbirlar davomida qo‘riqxona hududida qurol bilan harakatlanayotgan uch nafar fuqaro shubha uyg‘otgan. Ularning harakati zimdan kuzatilgan. Ular toshloq va tik qiyaliklarda harakatlanayotgan bo‘lishiga qaramay, masofadan binokl va mobil vositalar yordamida nazoratga olinib, harakati hujjatlashtirilib borilgan. Shubhali shaxslar to‘xtab dam olayotgan hududga yetib borilganida, aynan o‘sha vaqtda Qizil Kitobga Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqining “Qizil” ro‘yxatiga kiritilgan kam uchrovchi ikki bosh burama shoxli echki-morxo‘r ovlanib, so‘yilayotgani aniqlangan. Shaxslar voqea joyida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. So‘yilgan hayvon qoldiqlari ekspertizadan o‘tkazilganda bir va uch yosh atrofidagi erkak va urg‘ochi morxo‘r ekani tasdiqlangan. 

Ma’lumot uchun, Prezidentning 2023 yil 31 maydagi qaroriga muvofiq, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni noqonuniy ovlash holatlarida jarimalar 10 baravarga oshiriladi. Oqibatda mazkur holatda davlatga yetkazilgan zarar 4,5 milliard so‘m deb hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Quva tumanida Qizil kitobga kiritilgan 1 dona yirtqich burgutni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo qo'riqxona morxo'r

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing