Surxondaryoda maktab o‘quvchisi YTH sodir etdi. 2 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
13 dekabr 2025 5936 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida 16 yoshli yigit sodir qilgan yo‘l-transport hodisasida 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan fuqaro otasining Cobalt avtomashinasida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotganida Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida ikki fuqaro vafot etgan.
Yigitning qarindoshlaridan biri u dadasi uxlayotgan paytda mashinani olib chiqib ketgani va yo‘lning notekis joyidan qochaman, deb Nexia’ga borib urilganini aytgan.
“U Mingchinor mahallasiga haydab borib, “podyom”dan pastga tushayotganida chuqurdan olib qochaman, deb “lobma-lob” uradi Nexia mashinasiga. Shunda ikki kishi halok bo‘ldi. Endi hamma qilgan ishidan pushaymon, jiyanim 11-sinf, 16 yoshdan o‘tgan, 17 yoshga to‘lmagan”, degan u.
Avtohalokatda Nexia haydovchisining onasi va farzandi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda 19 yoshli yigit Nexia’da “Kamaz” bilan to‘qnashib, vafot etgandi.