Surxondaryoda Labo haydagan yosh bolaning otasiga chora ko‘rildi (video)

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bola tomonidan yuk avtomashinasi boshqarilgan holati jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan bolaning otasiga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, Angor tumani Zartepa mahallasi hududidan Labo rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan voyaga yetmagan bolani shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar  bir necha marotaba ko‘rib guvohi bo‘lgan. Shundan so‘ng mahallaga biriktirilgan YPX xodimlariga xabar berib, ushbu huquqbuzarlikni bartaraf etishlari so‘ralgan. 

Bildirilishicha, holat Angor tumani IIB YHXG katta inspektori kapitan Sanjar Mengliboyev tomonidan o‘rganilib, bolaning otasi ishtirokida muhokama qilingan va belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“Shu o‘rinda jamoatchilik vakillariga yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashda befarq bo‘lmaganliklari, bu borada huquq tartibot organlari bilan hamkorliklari uchun Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB  minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani uchun ularning otasi ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Angor Labo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing