Surxondaryoda ko‘knori yetishtirgan “dehqon”lar ushlandi (video)
3-sahifa
−
29 may 1876 2 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida o‘z uyining tomorqasida jami 300 tupdan ortiq bo‘lgan giyohvandlik o‘simliklari parvarishi bilan shug‘ullanib kelayotgan ikki shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 11 may kuni Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi tezkor qidiruv xizmati tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida 1960 yilda tug‘ilgan, shu tumanda yashovchi gumondor ayolning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Aniqlanishicha, mazkur shaxs yashash uyining tomorqa qismida quritilgan 2 kg 905 gramm hamda 193 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgan bo‘lgan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlangan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Bundan tashqari, Jarqo‘rg‘on tumanida yana bir giyohvandlik vositasini yetishtirishga oid holat fosh etilgan. 11 may kuni mazkur hududda o‘tkazilgan tadbir davomida 1941 yilda tug‘ilgan Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi gumondorning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va uyning tomorqa qismida 117 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligi parvarishlab kelinayotganligi aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur ikki holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida “oddiy tikan” deb o‘ylab, issiqxonasida 435 tup ko‘knori o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxs qo‘lga olingan edi.
Live
Barchasi