Surxondaryoda “Xalq banki” kassiri 121 mln pensiya pullarini “1Xbet”ga tikib yubordi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida fuqarolarning pensiya va nafaqa pullarini “1Xbet” onlayn o‘yinlariga ishlatib yuborgan AT “Xalq banki” kassiri ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, AT “Xalq banki” Uzun filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning 2-son sayyor kassasi kassiri A.A. joriy yilning fevral-mart oylarida o‘ziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul ko‘rinishida chiqarilgan jami 121,1 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini soxta imzolar qo‘yish orqali o‘zlashtirib, “1Xbet” onlayn kazino o‘yinlariga ishlatib, talon-toroj qilgani aniqlangan. Tekshiruv davomida departament aralashuvi bilan 117 mln so‘m qaytarilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

talon-toroj

Baholaganlar

725

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing