Surxondaryoda qasamyodini buzgan sud raisi ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishida uch nafar nomzod  ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi, ikki nafar sudya vazifasidan ozod etildi.

Kengash qaroriga ko‘ra: 

Soyibjon Abdusamadovich Rahimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

G‘ayratali Umataliyevich Darvishaliyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Adilbek Djoldasovich Seytnazarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Jasur Ibodullayevich Ibodullayev – yozma arizasiga binoan hamda sudyalik qasamyodini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Bundan tashqari, Jamol Rajabovich Sharipov – yozma arizasiga binoan Buxoro viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya

Baholaganlar

305

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing