Surxondaryoda qariyb 90 kg giyohvandlik moddasi ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryoda Tojikistondan olib kelingan 90 kg.ga yaqin narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda Davlat Xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Tojikistondan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi.

Jumladan, o‘zbek-tojik davlat chegarasining Sariosiyo tumani Chashma qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida 4 dona ryukzakda 39 kg 409 gr “geroin”, 35 kg 745 gr “opiy” va 14 kg 545 gr “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu umumiy og‘irligi 89 kg 699 gr bo‘lgan giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo giyohvandlik moddasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing