Surxondaryoda ikki tonnaga yaqin zararli yog‘ tayyorlangani fosh bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari tayyorlangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tadbirda fuqaro Sh.R. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotgani aniqlangan. Ushbu sexdan 717 kg chigit, 1126 kg qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar hamda moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing