Surxondaryoda ikki ming yillik tarixiy shahar qoldiqlari topildi (video)
Bu qiziq
−
29 may
7703Surxondaryo viloyati hududida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan amalga oshirilgan izlanishlar davomida Uzun tumanidan turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi.
Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II - eramizning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.
“Hozirda hududda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topilgandi.
LiveBarchasi