Surxondaryoda ikki kishi qidiruvga berildi. Topganga 20 million va’da qilingan
3-sahifa
−
14 aprel
111926Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi va Jarqo‘rg‘on tumanlarida ikki nafar fuqaro qidiruvga berildi. Ushbu shaxslarni topilishida ko‘maklashganlarga 10 milliondan 20 million so‘m va’da qilingan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Oqqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi, 1960 yil tug‘ilgan Bahodir Xolmirzayevich Mengziyayev 2024 yilning 8 aprel kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102, +998-91-511-75-92, +998-91-575-01-01 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi. Ma’lumot bergan fuqaroning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “Qo‘shtepa” mahallasida yashovchi, 1973 yil tug‘ilgan Mavjuda Xabi qizi Xabiyeva 2024 yilning 6 aprel kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 102, 76-43-21-002, 88-844-91-95, 97-554-77-17 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 15 yashar qiz bedarak yo‘qolgan edi.
LiveBarchasi