Surxondaryoda g‘alladan bo‘shalgan yerlar yoqib yuborildi (foto)
3-sahifa
−
15 iyul 2023 5807 3 daqiqa
Surxondaryo viloyatida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarni yoqib yuborilishi oqibatida tabiatga juda katta zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor guruhi tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida bir qancha fermer xo‘jaliklarida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborganlik holatlari aniqlangan.

Xususan:
- Qumqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan “B. F.” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari F. S.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlik oqibatida tuproq unumdorligiga 21 million 286 ming 980 so‘m zarar yetkazilgan.
- “H. M.” fermer xo‘jaligida ham g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari F. M.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlik oqibatida tuproq unumdorligiga 17 million 548 ming 113 so‘m zarar yetkazilgan.
- “E. N. Z.” fermer xo‘jaligida ham g‘alladan bo‘shagan, 5 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari U. T.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu holat bilan tuproq unumdorligiga 8 million 774 ming 055 so‘m zarar yetkazilgan.
- “K. P.” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 10 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari I. E.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlik oqibatida tuproq unumdorligiga 17 million 520 ming 822 so‘m zarar yetkazilgan.
- “E. H.” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 13 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari E. Q.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu holat bilan tuproq unumdorligiga 27 million 918 ming 690 so‘m zarar yetkazilgan.
- “Z.” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alladan bo‘shagan 7 gektar yer maydoni takroriy ekin ekish maqsadida yoqib yuborilgan. Holat yuzasidan fermer xo‘jaligi rahbari B. Q.ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlik oqibatida tuproq unumdorligiga 13 million 28 ming 722 so‘m zarar yetkazilgan.

“Qumqo‘rg‘on tumanida aniqlangan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarini yoqib yuborganlik holati bo‘yicha tabiatga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 106 million 074 ming so‘mni tashkil etdi. Yetkazilgan zarar huquqbuzarlardan undiriladi”, deyiladi xabarda.