Surxondaryoda firibgarlik qilgan hokim yordamchisi jazolandi
3-sahifa
−
27 yanvar
4458Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 33 mln so‘mlik kreditdan ikki marta olib berish evaziga 4,5 mln so‘m pora olayotganda ushlangan hokim yordamchisiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
Bildirilishicha, “Yakkaterak” mahallasida ishlagan hokim yordamchisi fuqaroga 33 mln so‘mlik imtiyozli kreditdan ikki marta olib berishni va’da qilgan. Evaziga undan 4,5 mln so‘m pora olayotganida ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tumani sudi hukmiga ko‘ra, hokim yordamchisiga Jinoyat kodeksining 45-moddasi qo‘llanib, 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (firibgarlik, xizmat mavqeidan foydalangan holda) bilan 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llangan.
Shuningdek, unga rahbarlik va moddiy javobgarlik talab etiladigan lavozimlarda ishlash taqiqlanib, daromadining 20 foizi ushlab qolinishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda hokim yordamchisi 30 ming dollar olgan vaqtida ushlangandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi
28 yanvar