Surxondaryoda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida tadbirokordan 1 500 dollar talab qilgan elektr ta’minoti korxonasi rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qumqo‘rg‘on tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Yu.X. “M.M.” MCHJning qurilish sexini elektr tarmog‘iga qayta ulab berish evaziga MCHJ rahbari U.R.dan pora talab qilgan. U o‘z xizmat xonasida 1 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatida gaz ta’minoti xodimi pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing