Toshkent viloyatida gaz ta’minoti xodimi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida “Toshkenttumangaz” servis xizmati xodimi 700 dollar va 300 ming so‘m pora olayotganda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning iyul oyida “Nanila Farm” MCHJ rahbari D.H.dan yangi gaz hisoblash uskunasini o‘rnatishda ko‘mak berishini va 13 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlikni yopib berishini so‘ragan.

U o‘z navbatida MCHJ rahbari “Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Ilhom Yoqubovga yordam so‘rab murojaat qilgan, ammo undan rad javobini olgan.

D.H. esa tadbirkorning takroriy qo‘ng‘iroq va iltimoslaridan so‘ng masalani hal qilishda ko‘maklashishga qaror qilgan va mukofot sifatida 8 mln so‘m so‘ragan. Tuman oshxonalaridan birida kelishilgan summani olayotgan vaqtda, u huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Vaziyatni o‘rganish davomida aniqlanishicha, “Nanila Farm” MCHJ tabiiy gazdan qarzdorligi uchun gaz ta’minoti tarmog‘idan uzib qo‘yilgan. Bugungi kunda, o‘ziga yuklatilgan vazifaga lozim darajada yondashmagani va beparvo munosabatda bo‘lgani uchun “Toshkenttumangaz” boshlig‘i Ilhom Yoqubov bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Servis xizmati xodimi D.H.ga nisbatan o‘rnatilgan tartibda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing