Surxondaryoda biryo‘la 2 ta do‘konga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 3 sentyabr kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 07:38 da “112” tizimidan Surxondaryo viloyati FVBga, Angor tumani, “Yangiturmush” MFY, At-Termiziy ko‘chasida do‘kon yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan 3 ta qutqaruv bo‘linmasi zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 07:48 da o‘rab olingan va soat 08:15 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida 2 ta kiyim-kechak savdo do‘konining taxminan 35 kvadrat metr maydoni zararlangan.

Bildirilishicha, hodisada tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi dehqon bozoriga o‘t ketgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing