Surxondaryoda bir guruh ayollar YPX inspektorini kaltakladi

3-sahifa

image

Kecha, 1 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida bir guruh ayollar YPX inspektorini kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Tarmoqlarda tarqalgan videolarda YPX xodimlari jarima yozmoqchi bo‘lgani, biroq ayollar to‘sqinlik qilib, ularga tashlangani aytiladi.

Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Jinoyat ishi doirasida 3 nafar gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida qoidabuzar fuqaro xizmat vazifasini olib borayotgan xodimlarni haqoratlagandi. Ushbu harakat Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudida sayyor sud tartibida ko‘rib chiqilgan. Qoidabuzar fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasining (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan va unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish) bilan 15 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Denov YPX inspektori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing