Surxondaryoda ayollarni BAAga fohishalikka yuborayotganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
12:16 1729 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 3 nafar ayolni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) fohishalik uchun yuborayotganlar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan ikki nafar ayol chet elda ishlash istagida bo‘lgan ayollarni aldash yo‘li bilan ularni shahvoniy maqsadlarda ekspluatatsiya qilish orqali jinoiy daromad topishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, ular 3 nafar ayolni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga yuborishni va’da qilgan.
Jinoiy rejaga ko‘ra, joriy yil 4 fevral kuni “Toshkent-Sharja” reysi uchun 700 AQSH dollari evaziga aviachipta rasmiylashtirgan. Shuningdek, kelgusida ko‘rsatiladigan xizmat uchun 1000 AQSH dollari miqdorida pul talab qilingani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar Boysun tumanida joylashgan “Darband” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskanida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Namangan shahrida yosh va turmushdan ajrashgan ayollarni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol ushlangani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi