Surxondaryoda ayol o‘zi tanimagan 3 yashar qizchani pichoqlab o‘ldirdi (video)

3-sahifa

image

Joriy yilning 1 may kuni Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ayol o‘zi tanimagan 3 yoshli qizni hech bir sababsiz pichoqlab o‘ldirdi. Holat yuzasidan QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Denov tumanida 3 yoshli qizga hech bir sababsiz oshxona pichog‘i bilan hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida qiz tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan. Olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.

Bildirilishicha, tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ayol rashk sabab o‘z tanishini 5 marta pichoqlab, uning hayotiga zomin bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Denov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing