Surxondaryoda avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 28 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida mashinaga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Portlash soat 06:15da Muzrabot tumani “Yurtim jamoli” MFYda joylashgan “Qora marvarid” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida sodir bo‘lgan. “UAZ” rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portlagan. 

Natijada avtomobil va shoxobchaning tom qismi zararlangan. Hodisa oqibatida jarohatlangan hamda vafot etganlar yo‘q Hozirda hodisa sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarildi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing