Surxondaryoda avtomobil kanalga tushib, yonib ketdi. Hodisada bir oila qurbon bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy 18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida avtomobil kanalga tushib ketishi natijasida 4 kishi, jumladan 2 nafar bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Hodisa soat 23:00da Angor tumani “Qorabog‘” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1433 kilometrida yuz bergan. 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-3 rusumli transport vositasini “Samarqand-Termiz” yo‘nalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘nalishdan chiqib ketib, yo‘l bo‘ylab oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan va avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.

Natijada transport vositasi haydovchisi I.I., uning 1993 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i F.A. hamda voyaga yetmagan farzandlari 2016 yilda tug‘ilgan S.O‘. va 2017 yilda tug‘ilgan S.I. og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan 19 oktyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Surxondaryo

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing