Surxondaryoda AI-80 markali benzinni “AI-95” deb sotayotgan “zapravka” aniqlandi
3-sahifa
−
17 yanvar
8214Surxondaryodagi ayrim AYOQSHlarida sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida shahardagi "zapravka"larda AI-80 markali benzini “AI-95” markasi deb, qimmat narxlarda sotilayotgani fosh bo‘lib qolgan.
Shu bois viloyat hokimining tegishli ko‘rsatmasi bilan mazkur holatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani aytilgan.
Shuningdek, viloyat hokimligi benzin xarid qilishda iste’molchilarni e’tiborli bo‘lishga chaqirib, yuqoridagi kabi holatlarga duch kelganda huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki soliq idoralariga murojaat qilishini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda AI-80 markali benzinni “AI-92” yoki “AI-95” deb sotayotgan “zapravka”lar aniqlangandi.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi