Surxondaryoda 80 yoshli maktab direktori talaba bo‘lgan o‘quvchilariga stipendiya va’da qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Surxondaryolik 80 yoshli maktab direktori Xosiyat Qarayeva talaba bo‘lgan bitiruvchilarining har biriga stipendiya va’da qildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 1-maktab direktori Xosiyat Qarayeva oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilinadigan bitiruvchilariga o‘z nafaqa pulidan har oy stipendiya berishni o‘z rejasiga kiritgan.

“Ayni paytda o‘zining 2,3 million so‘m nafaqasini to‘liq ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishga sarflashni rejalashtirgan Xosiyat Qarayevani yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglarga o‘rnak qilsa arziydi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, 65 yildan buyon maktabda o‘quvchilar bilimini oshirib kelayotgan, bugungi kunda ta’lim muassasasini boshqarayotgan 80 yoshli pedagog har oy oladigan nafaqa pulini iqtidorli o‘quvchilarga tarqatib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing