Surxondaryoda 71 yoshli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida 71 yoshli ayol o‘z uyida pichoqlab o‘ldirib ketildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaning bildirishicha, Denov tumani “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi 1954 yilda tug‘ilgan ayol bosh qismidan 4 marta pichoqlangan. Qotil haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. Uning bildirishicha, joriy yilning 1 iyul kuni soat 09:40 larda Denov tumani “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi G.U.ni yashash uyida u bilan vaqtinchalik yashab kelayotgan nevarasi R.O. uyg‘otmoqchi bo‘lib kirganida momosi – 1954 yilda tug‘ilgan G.U.ning jasadi bosh qismida tan jarohatlari bilan topilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni fosh etish choralari kurilmokda. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida profilaktika inspektori chaqiruv vaqtida pichoqlanib, oqibatda vafot etgan edi. Uni pichoqlagan gumondor Yunusali Xolbozorov esa voqea joyidan yashiringan, uni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Denov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing