Surxondaryoda 6,5 mlrdga qurilgan ko‘prik 2 yilga bormay quladi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2020
13188Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 6,5 milliard so‘mga qurilgan ko‘prik 1 yil-u 7 oyda qulab tushganiga oid videolavhalar tarqalgandi. Ushbu ko‘prik qulashi viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, Qumqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tuvchi, davlat ahamiyatidagi 4r-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 76 kilometrida joylashgan, uzunligi 66 pogonametr bo‘lgan “Polvontosh” selgasi ustidagi ko‘prikning oraliq tayanch ustunlari 1 metrga cho‘kishi va ustki plitalari qulashi natijasida ko‘prik yaroqsiz holatga kelib, hozirgi kunda piyodalar va avtomashinalar harakati cheklangan.
Mazkur holat yuzasidan “Surxon qurulish nazorat o‘lchov” MCHJ va viloyatavtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi mutaxassilari tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga ko‘ra, o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida pudratchi korxona tomonidan haqiqatda bajarilgan ishlar “Bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi schyot-faktura ma’lumotnomasi”ga (Forma-3) qo‘shib yozish holatlari aniqlanmagan.
Loyiha smeta hujjatlariga nisbatan bajarilmagan ishlar xajmi 34 mln. 491 ming 265 so‘mni tashkil qilishini va mavjud pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida imzolangan 2014 yil 21 apreldagi 3/TO-2014-sonli shartnomaning 3-qismi (pudratchining majburiyatlari) 4-bandi pudratchi tomonidan to‘liq bajarilmaganligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5969-sonliFarmoni ijrosini ta’minlash hamda 2020 yil 17 martdagi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika Maxsus komissiyasining 01-14/1-234-raqamli 6-sonli yig‘ilish bayonida “Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etilishini” ta’minlash maqsadida omma o‘rtasida koronavirus kasalligi tarqalib ketishini oldini olish uchun karantin e’lon qilinib, shaxslar bilan muloqat qilish vaqtinchalik to‘xtatilganligi sababli xar qanday tergov harakatlarini o‘tkazishning imkoni yo‘qligi, mazkur holatni oydinlashtirish uchun boshqa shaxslardan va mutaxassislardan xulosa olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan.
Shu sababli, 2020 yil 18 iyunda Termiz transport prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Ushbu qaror 2020 yil 29 sentyabrda Transport prokurori tomonidan bekor qilinib, hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi