Surxondaryoda 5 mln so‘mga daraxt kesib, sotgan fermer tabiatga 551 mln so‘m zarar yetkazdi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari 8 tup eldor qarag‘ayi daraxtlarini kesib, 5 million so‘m evaziga sotdi. Bu esa tabiatga 551 100 000 so‘m pul miqdorida zarar keltirdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, viloyatning Oltinsoy tumani “Yakkatut” mahallasida joylashgan fermer xo‘jalik rahbari O‘.T. fuqaro A.M. vositachiligida fermer xo‘jaligi yer maydonida o‘sib turgan ko‘p yillik 8 tup eldor qarag‘ayi daraxtlarini tumanning “Mirshodi” mahallasida yashovchi fuqaro A.S.ga 5 million so‘mga baholab sotib yuborgan.

O‘zaro kelishuviga asosan A.S. o‘suvchanligini yo‘qotmagan ko‘p yillik noyob daraxt turlariga kiruvchi 8 tup eldor qarag‘ay daraxtlarini tag qismi bilan kesib olgan.

Fuqarolar bu harakati bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasining talabini buzgan.

To‘plangan hujjatlar asosida hisob-kitob qilinganda, tabiatga jami 551 100 000 (besh yuz ellik bir million yuz ming) so‘m zarar yetkazilgan. 

Aniqlangan holat yuzasidan birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo fermer xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing