Surxondaryoda 41 yashar ayol fojiaviy o‘lim topdi

Jamiyat

image

Surxondaryoda 41 yashar ayol o‘z uyida do‘pposlandi. Uyidan qochib ko‘chaga chiqqan ayol ko‘p o‘tmay vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 28 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni taxminan soat 21:00 larda, Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro 41 yoshli R.N. (ayol) tanishi 36 yoshli E.L.ni uyiga mehmonga chaqirib, birgalikda spirtli ichimliklar iste’mol qilishgan. Oradan ko‘p o‘tmay ular kelishmovchilik natijasida janjallashib qolishgan. Janjal vaqtida E.L.  fuqaro R.N.ni tanasining turli joylariga bir-necha marotaba qo‘li va oyoqlari bilan urib, tepib, o‘ta shafqatsizlik bilan do‘pposlab, unga tan jarohati yetkazgan. Voqeadan so‘ng fuqaro R.N. uyidan chiqib ketib, taxminan 600 metr masofa yurib, yerga yiqilgan va ichki a’zolari, bosh miyasiga yetkazilgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat IIV Qotillik

Baholaganlar

3027

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing