Surxondaryoda 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan “zapravka” aniqlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanib, jami 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan metan “zapravka” aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Yu.A.D.” xususiy korxonasi rahbari T.D. korxonaga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulab, jami 2,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

“Hurmatli tadbirkorlar! Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida 5 mlrd 25 mln so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlagan sex fosh etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo tabiiy gaz “zapravka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing