Surxondaryoda 1,9 mlrd so‘mlik elektr o‘marildi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan viloyatning Qumqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “Sh. M.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 907 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 7,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Surxondaryo noqonuniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing