Surxondaryo viloyati hokimligi salkam 700 mln so‘mga 2 ta Skoda Kodiaq sotib oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga 2 dona tilla ruchka xarid qilmoqda north_east

Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga 2 dona tilla ruchka xarid qilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimligi har birining narxi 347 million so‘m bo‘lgan 2 ta Skoda Kodiaq avtomobilini sotib oldi. Ushbu ma’lumotlar davlat xaridlari portaliga joylashtirilgan.

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, avtomobillar viloyat hokimi To‘ra Bobolovning yangi o‘rinbosari va maslahatchisi uchun sotib olinmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida  viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari uchun sotib olinadigan avtomobillarning eng yuqori narxi — BHMning 1500 baravari (367,5 mln so‘m)dan oshmasligi belgilab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyati hokimligi yangi Malibu-2 avtomobilini sotib olyotgani, buning uchun Vazirlar Mahkamasining qaroriga zid keladigan 369 million so‘m narx belgilangani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev 311 mln so‘mlik Captiva xarid qilayotgani muhokamalarga sabab bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing