Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga 2 dona tilla ruchka xarid qilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi 15 million so‘mlik ikkita oltin qoplamali ruchka sotib olmoqchi. Bu haqda davlat xaridlari maxsus axborot portalidagi ma’lumotlar darak bermoqda.

Vazirlik kecha, 9 iyun kuni har biri 15 million so‘mlik “premium” toifali oltin bilan qoplangan 2 ta ruchkaga buyurtma bergan. Buyurtma 9120353 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Qimmatbaho ruchkalar 10 kunda yetkazib berilishi belgilangan.

Mudofaa vazirligining qimmatbaho ruchkaga buyurtma bergani ma’lum bo‘lgach, bu masala ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining muhokama mavzusiga aylandi.

QALAMPIR.UZ vazirlik bilan bog‘lanib, holatga izoh so‘raganda idora vakili tez orada holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Kamola Amirova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing